Sirdaryo viloyatidagi “Yashil texnikum”da 2026/2027-o‘quv yili uchun mobil o‘quv qabuli jarayonlari davom etmoqda. Tadbir davomida 9 va 11-sinf bitiruvchilariga texnikumda mavjud kasb va mutaxassisliklar, qabul tartibi, grant hamda to‘lov-kontrakt asosidagi o‘rinlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mobil qabul jarayonida yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’lim yo‘nalishlari, dual ta’lim tizimi, amaliyot imkoniyatlari hamda kelgusidagi bandlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Tadbir yoshlarning kasb tanlashiga ko‘maklashish va ekologiya sohasiga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
🌱 Kelajagingizni ekologiya va yashil texnologiyalar bilan bog‘lang! “Yashil texnikum”da zamonaviy kasb egasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati





Qabul jarayoni bozorlarda davom etmoqda
Sirdaryo viloyatidagi “Yashil texnikum”da 2026/2027-o‘quv yili uchun mobil o‘quv qabuli jarayonlari odam gavjum maskanlarda, jumladan bozorlarda tashkil etilmoqda. Tadbirlar davomida 9 va 11-sinf bitiruvchilari hamda ularning ota-onalariga texnikumdagi mavjud kasb va mutaxassisliklar, qabul tartibi, grant va to‘lov-kontrakt asosidagi o‘rinlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, dual ta’lim tizimi, amaliyot imkoniyatlari hamda kelgusidagi bandlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar olib borilmoqda. Mazkur mobil qabul tadbirlari yoshlarning kasb tanlashiga ko‘maklashish va ekologiya hamda yashil texnologiyalar sohasiga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
🌱 Kelajagingizni ekologiya va yashil texnologiyalar bilan bog‘lang! “Yashil texnikum”da zamonaviy kasb egasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.






