Sirdaryo viloyati “Yashil” texnikumida qabul yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi!Bugun Sirdaryo viloyati “Yashil” texnikumida 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga bag‘ishlangan “Qabul yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Uncategorized

Tadbir davomida umumta’lim maktablarining bitiruvchi o‘quvchilari, ota-onalar hamda mehmonlarga texnikumda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv-amaliy bazalar, yaratilgan shart-sharoitlar va yoshlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🌱 Yarmarka ishtirokchilari ekologiya, qayta tiklanuvchi energiya, dasturiy injiniring, gidrometeorologiya, o‘simlikshunoslik, dendrologiya, zooinjeneriya va boshqa istiqbolli kasb yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.

📚 Tadbir davomida o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi hamda kasb tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🌿 Sifatli ta’lim — yashil kelajak kafolati!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan