📅 2025-yil 21-oktabr kuni Boyovut tumani 2-son politexnikumida 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, oshpazlik madaniyatini rivojlantirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbir davomida ishtirokchi jamoalar o‘zining osh tayyorlashdagi mahoratini namoyon etib, hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Jumladan:
taomning ta’mi va sifat darajasi;
taqdimot va ko‘rinish estetikasi;
sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi;
jamoaviy hamkorlik va tashkiliy madaniyat.
🏆 G‘olib va faol ishtirokchilar politexnikum ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👉 Ushbu chempionat o‘quvchi-yoshlar orasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, milliy taomlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.








