Boyovut tumani 2-son politexnikum talabalari chavondozlik maktabida

Uncategorized

Boyovut tumani 2-son politexnikumining 130-guruh talabalari o‘quv jarayonidan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, milliy qadriyatlarimizni chuqurroq o‘rganish hamda jismoniy chiniqish maqsadida chavondozlik maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar otchoparlarning mashg‘ulotlarini kuzatishdi, chavondozlik san’ati, otlarni parvarish qilish, ularni tayyorlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ot sportining tarixiy ahamiyati va bugungi kundagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi.

Bu tashrif talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi — ularda milliy sport turlariga hurmat, mehnatsevarlik va jamoaviylik ruhini kuchaytirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan