Boyovut tuman 2-son politexnikumida “Qizlar kuni” munosabati bilan “Balli qizlar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

Uncategorized

Joriy yilning 11-oktabr kuni Boyovut tuman 2-son politexnikumida “Qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Balli qizlar” koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Mazkur tadbir qizlarning mahorat va iste’dodlarini namoyish etish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida oʻtkazildi.

Tanlov jarayoni toʻrtta bosqichdan iborat boʻlib, ishtirokchilar:
1-Tanishtiruv bosqichida oʻzlarini taqdim etish,
2-Salat tayyorlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarini namoyish etish,
3-Shaxsiy qobiliyatlarini koʻrsatish,
4-Erkin mavzuda chiqish qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tanlov natijalariga koʻra, 1-oʻrinni 134-guruh Tikuvchilik kasbi yoʻnalishi talabalari egalladi.
Mazkur koʻrik-tanlov yosh avlod vakillarining ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularning kasb-hunar sohasidagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash hamda oʻzlarini turli sohalarda sinab koʻrishlariga imkon yaratdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan