Boyovutda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi

Uncategorized

Yoshlarning savollari ham, muammolari ham dolzarb va e’tiborga loyiq. Shu bois Boyovut tumani rahbarlari muntazam ravishda mahallalar va korxonalarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularning fikr va takliflarini tinglab kelmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tumandagi 2-sonli politexnikumda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova, hokim o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari bo‘limi mas’ullari, tijorat banklari rahbarlari hamda texnikum o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqotda tuman hokimi yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning orzu-istaklarini, g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, yosh mutaxassislarga, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yigit-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Muloqotda yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni amalga oshirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama etildi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari eshitilib, aksariyati joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan