Assalomu alaykum, Hurmatli psixologlar jamoasi Sirdaryo viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasining 2026- yil 12- maydagi 01-03-4/364- sonli xatini ijrosini taʼminlash maqsadida, Boyovut tuman 2-son texnikumida 2026- yil 15- may kunidan 23- may kunigacha «Kasbiy taʼlim tizimida shaxsni psixologik qoʻllab-quvvatlash”
mavzusidagi dastur boʻyicha 36 soatlik oʻquv-seminari
tashkil etildi. Mazkur seminarni Guliston tumani 1- son texnikumi psixologi Amanov Davron Yuldashevich olib bordi. Ushbu oʻquv-seminarida
Xovos tuman 2-son texnikumi, Xovos tuman 1-son texnikumi,
Boyovut tuman 1- son texnikumi,
Boyovut tuman 2-son texnikumi,
Shirin energetika texnikumi,
Yangiyer shahar texnikumi,
Guliston tuman 1- son texnikumi,
Yangiyer Abu Ali ibni Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi psixologlari ishtirok etdi.
Kasbiy taʼlim tizimida shaxsni psixologik qoʻllab-quvvatlash”
mavzusidagi oʻquv-seminar
mazmuni quyidagilardan iboratdir:
☝️Kurs doirasida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalar shakllantiriladi:
oʻquvchi-yoshlar bilan diagnostik, korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni tizimli tashkil etish;
bulling va kiberbulling, deviant va autodestruktiv xulq-atvor, suitsidal xavf omillari, huquqbuzarliklarning erta diagnostikasi va profilaktikasi;
inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam koʻrsatish algoritmlari;
kasbga yoʻnaltirish va moslashuvchan (soft skills) koʻnikmalarni rivojlantirish;
inklyuziv taʼlim muhitida psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;
ota-onalar, pedagoglar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan hamkorlik qilish;
psixologning kasbiy soʻnishini oldini olish va stressga chidamlilikni oshirish.
Oʻquv-seminar mashgʻulotlari nazariy va amaliy mashgʻulotlardan iborat boʻlib, trening, keys-stadi, guruhli muhokama, interaktiv mashqlar va refleksiya metodlari asosida tashkil etiladi.
📚Mazkur malaka oshirish maxsus kursi kasbiy taʼlim tashkilotlari psixologlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda amaliy psixologiya tajribasi bilan boyitishni maqsad qiladi.
Oʻquv seminari 8 ta moduldan iborat boʻlib, Bugun 2026- yil 15- may kuni quyidagi modul oʻtildi:
1-MODUL. Zamonaviy oʻsmir va kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquvchisining psixologik xususiyatlari (4 soat: 2 nazariy, 2 amaliy)
Oʻquv natijalari:
1. Bilimlar.
☝️Oʻsmirlik (15-17 yosh) va ilk oʻsmirlik (18-20 yosh) davrlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, ushbu davrlardagi yetakchi faoliyat, rivojlanishning ijtimoiy vaziyati va psixologik yangi shakllanishlar (kasbiy identiklik, dunyoqarash, oʻzlikni anglash) toʻgʻrisida bilimga ega boʻldilar.
Raqamli ijtimoiylashuv jarayonining zamonaviy oʻsmirlar shaxsiga taʼsiri, xavotir va stress omillari haqida tushunchaga ega boʻldilar.
Yoshlarda uchraydigan asosiy psixologik muammolar (oʻzini anglashdagi qiyinchiliklar, kasb tanlashdagi tartibsizliklar, shaxslararo munosabatlardagi ziddiyatlar) toʻgʻrisida tushuncha hosil qildilar.
Oʻsmirlik davri inqirozining psixologik mazmuni va uning namoyon boʻlish shakllarini bildilar.
2. Koʻnikmalar.
✨Oʻsmir va yoshlarning psixologik holatini kuzatish va tahlil qilish koʻnikmasiga ega boʻldilar.
Yoshga xos psixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda psixologik maslahat va korreksiya ishlarini rejalashtira oldilar.
Raqamli muhitning salbiy taʼsiri (kiberbulling, internetga qaramlik) bilan bogʻliq xavf omillarini aniqlay oladi.
Oʻsmirlar bilan ishlashda muloqot qilish, ishonchli munosabatlar oʻrnatish koʻnikmalariga ega boʻldilar.
3. Kompetensiyalar.
💥Oʻquvchi-yoshlarning psixologik rivojlanishini kompleks baholash va monitoring qilish kompetensiyasiga ega boʻldilar.
Yoshga xos ehtiyojlar va muammolarga mos profilaktik va rivojlantiruvchi dasturlar ishlab chiqish kompetensiyasi shakllandilar.
Raqamli muhitda yuzaga keladigan psixologik xavflarning oldini olish boʻyicha tavsiyalar berish kompetensiyasiga ega boʻldilar





