Guliston shahri markazidagi Sirdaryo viloyat musiqali teatri old maydonida o‘tkazilgan “Kasblar festivali” yoshlar, mutaxassislar va keng jamoatchilik vakillarini bir maydonga jamladi. Festivalda kasb-hunar texnikumlari tomonidan innovatsion loyihalar, amaliy ishlanmalar va zamonaviy kasblar namoyish etildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Turabekovich Mavlonberdiyev o‘z nutqida yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda xalqaro standartlarga mos mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
“Kasblar festivali” yoshlarga o‘z qiziqishi va salohiyatiga mos kasb tanlash, kelajakdagi faoliyat yo‘nalishini belgilab olishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. ✨




