Uncategorized

Boyovut tuman 2-son politexnikumida ota-onalar yig’ilishi

Joriy yilning 6-7-avgust kunlari Boyovut tuman 2-son politexnikumida 2025-2026 õquv yiliga qabul qilingan õquvchilarning ota-onalari bilan tanishtiruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim muassasasi rahbariyati, ustozlar, murabbiylar hamda texnikumda tahsil olishni boshlayotgan yoshlarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishdan asosiy maqsad — ota-onalarni politexnikumning shart-sharoitlari, o‘quv jarayoni, ichki tartib-qoidalari, ta’lim yo‘nalishlari hamda qo‘shimcha imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish bo‘ldi.
🔹 Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Politexnikumdagi zamonaviy o‘quv xonalari, texnik baza, kutubxona, sport zallari va boshqa infratuzilma namoyish etildi.
Talabalarning kiyinish madaniyati, davomati, intizom va xavfsizlik qoidalari tushuntirildi.
Ota-onalarning texnikum hayotidagi o‘rni, ular bilan hamkorlik qilish usullari haqida so‘z yuritildi.
Savol-javoblar sessiyasida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan