Tadbir davomida bitiruvchilarning ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan ota-onalarga tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, bitiruvchilar o‘z ota-onalarini samimiy tabriklab, ularga chuqur minnatdorlik izhor etdilar.Marosimning yana bir unutilmas lahzasi sifatida bitiruvchilar tomonidan texnikum kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilinib, ushbu ezgu tashabbus kelajak avlodlar uchun qimmatli ma’naviy meros bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. 📚🎁🎉 Hurmatli bitiruvchilar!Sizlarni ushbu unutilmas kun bilan chin dildan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan yutuqlar, mustahkam sog‘liq, omad va zafarlar doimo hamrohingiz bo‘lsin. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida bilim va salohiyatingiz bilan munosib hissa qo‘shishingizni tilab qolamiz! 🌟

Uncategorized

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan