Sirdaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida payvandlash kasbi bo‘yicha ISO xalqaro sertifikati imtihonlarini o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 🎓
Mazkur seminarda hududdagi kasbiy ta’lim muassasalari vakillari, jumladan, Boyovut tuman 2-son texnikumi ishlab chiqarish ustalari ham faol ishtirok etdilar. 👨🏭
Seminar davomida payvandlash yo‘nalishida ISO xalqaro sertifikati imtihonlarini tashkil etish tartibi, baholash mezonlari hamda amaliy jarayonlar yuzasidan muhim tushunchalar berildi. 📖
🤝 Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday seminarlar mutaxassislarning malakasini oshirish, zamonaviy talablar asosida kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🚀



