⚡️⚡️⚡️2025–2026 o‘quv yilida🏢 Boyovut tumanidagi 2-son texnikumi o‘quvchilarining ta’lim sohasidagi yutuqlari xursand qilarli.

Uncategorized

📚 Xususan, mazkur ta’lim muassasasining 32 nafar o‘quvchisi umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

O‘quvchilar matematika, fizika, kimyo, biologiya, xorijiy tillar hamda ona tili fanlaridan yuqori natijalarni qayd etib, belgilangan talablar asosida muddatidan oldin zarur ballarni jamlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Fidoyi ustozlar va iqtidorli o‘quvchilarga kelgusidagi ta’lim va mehnat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan